“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.
Senatning 15-yalpi majlisida Tanzila Narbayeva qarzdor korxona va tashkilotlardan qarzni undirishning o‘rniga, mukofot puli uchun ularni bankrot deb e’lon qilishga intilayotgan sud boshqaruvchilarini tanqid qildi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa mazkur tartib o‘tgan chorakdan to‘xtatilgani va qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Ushbu tartib, prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi qarori bilan belgilab berilgandi.
«Byudjet puli, bu — xalqning puli. Bu xalqqa borishi kerak, qandaydir amaldorlarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, ularga ayovsiz qonuniy chora ko‘rishni ta’minlashimiz kerak», — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva
Tanzila Narbayeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatida ayollarni ijtimoiy himoya qilish, qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish masalalariga to‘xtaldi. «Biz oliy ta’lim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Senat raisi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘ninchi yalpida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmasligini va kun tartibidan o‘rin olmaganini aytdi. 11-dekabr kuni o‘tgan Senat Kengashi majlisida esa bu bo‘yicha qonun kun tartibidan o‘rin olgani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan edi.
Senat rahbari Tanzila Norboyeva oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya tufayli O‘zbekistonning birorta ham oliygohi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kira olmaganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting